Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonga borgan o‘zbekistonliklarning va'da qilingan ish haqi berilmayotgani haqida murojaati tarqaldi. Migratsiya agentligi holatga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Olmaota shahridagi qurilish obektlaridan biriga ishlash uchun borgan bir guruh o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining va'da qilingan oylik maoshlari berilmayotgani haqida murojaati tarqaldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, mazkur fuqarolar 2021 yilning may-iyun oylarida “Mutqin Amal Construction” qurilish kompaniyasi taklifi bilan Qozog‘istonning Olmaota shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan.
Bugungi kunga qadar Olmaota shahri Naurizbay tumanidagi qurilish obektlarida (President's Park) mehnat qilgan.
“Kompaniya vakillari bilan suhbat o‘tkazilganda, ushbu fuqarolardan 40 nafari sentabr oyida 12-15 kunlik ish haqidan tashqari ish haqini olib, O‘zbekistonga qaytib kelgan. Qolgan 18 nafari o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat faoliyatini davom ettirish uchun kompaniya ixtiyorida qolgan va ularning ish haqi to‘liq berilgan”, deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur kompaniyada 200 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026