O‘zbekiston | 09:34 / 22.09.2021
2693
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi

Bugun, 22 sentabr kuni Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan poytaxtda "Tungi velosayr" festivali o‘tkaziladi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, sayr 22 sentabr kuni soat 20:00da Toshkentdagi Maxtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, "Yangi O‘zbekiston" bog‘igacha davom etadi.

Ma'lum qilinishicha, velosayr paytida avtomobillar qatnovi to‘liq to‘xtatilmaydi.

Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkinligi aytilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid