Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyaga mingdan ko‘proq harbiy jo‘natmoqchi – OAV
Turkiya Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat ortidan nazoratni kuchaytirish uchun Suriya g‘arbiga mingdan ko‘proq askar jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda noma'lum bo‘lib qolishni istagan turk amaldorlariga tayanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Anqara shu yo‘l bilan suriyalik qochqinlar oqimi oldini olmoqchi. Ta'kidlanishicha, oxirgi oylarda ushbu oqim kuchaygan. Nashrning ta'kidlashicha, Idlibga qo‘shimcha kuchlar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan Moskvada 29 sentyabrda o‘tishi rejalashtirilayotgan uchrashuvi arafasida jo‘natiladi.
Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Putin va Raisiy bilan uchrashuvda Idlibdagi eskalatsiya masalasini ko‘tarmoqchi. Oxirgi vaqt Idlibda Suriya harbiylari va Rossiya harbiy aviatsiyasi hujumlari soni ortgan. Erdo‘g‘anning fikricha, bu yanada ko‘proq qochqinlarning Turkiya tomon oshiqishiga olib kelishi mumkin. Ta'kidlanishicha, turk kontingentining Suriyada ko‘paytirilishi Suriya hukumat qo‘shinlarining idliblik isyonchilar pozitsiyalariga keyingi hujumlariga chek qo‘yishda va turk chegarasiga olib boruvchi yo‘llarni nazorat qilishda yordam beradi.
14 sentyabrda Putin va Suriya prezidenti Bashar Asad o‘rtasida Moskvada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki yetakchi Rossiya va Suriya ittifoqining terrorchilar va ayirmachilarga qarshi kurashdagi umumiy muvaffaqiyatlarini ijobiy baholashgan. Putin Suriya hududida xorijiy davlatlar qo‘shinlari qolayotganini Suriya davlatchiligini tiklashdagi asosiy muammo deb atagan.
2020 yil martda Putin va Erdo‘g‘an 6 soatlik uchrashuv natijalariga ko‘ra, Idlibda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi.
Mavzuga oid
22:47 / 21.12.2025
Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
19:41 / 17.12.2025