Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda tadbirkordan firibgarlik yo‘li bilan pul undirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Sirdaryo viloyatida tikuv sexini gaz tarmog‘iga ulab berish, sug‘orish tarmoqlarini joriy ta'mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha tuzilgan hisobotlarini qabul qilish va o‘tkazib berish evaziga pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Hududgaz metrologiya filiali» Sirdaryo bo‘limi muhandis-metrologi K.A. «S.» MChJga qarashli tikuv sexi binosini gaz tarmog‘iga ulab berish evaziga fuqaro Sh.dan 1300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Sirdaryo Suv Qurilish Invest» DUK bosh texnik nazoratchisi Sh.B. «B.» MChJ tomonidan Mirzaobod tumanida amalga oshirilgan 505,6 million so‘mlik sug‘orish tarmoqlarini joriy ta'mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha tuzilgan hisobotlarini qabul qilish va o‘tkazib berish evaziga 40 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026