BBC rus xizmati bilan gaplaşgan afğonlar şu qadar qörquvdaki, ular bir neça haftadan buyon öz uylaridan çiqa olişmayapti. Ular 20 yil oldingi ssenariy takrorlanişidan, ayollar yana paranji töğri kiyilmagani yoki öz mahramisiz taksiga çiqqani uçun kaltaklana boşlanişidan qörqişmoqda.

Ayollarning xavotirlarini xalqaro huquq taşkilotlari ham tasdiqlaşmoqda - ularning ma'lumotlariga köra, köplab viloyatlarda toliblar qizlarga maktabga borişni, ayollarga esa uydan çiqişni töğridan töğri taqiqlagan.

11 sentabr kuni burqa kiygan uç yuz çoğli ayol Kobul davlat universiteti auditoriyasida «Tolibon»ni qöllab-quvvatlaş uçun yiğildi. Ular yangi hukumatni tan olişlari va toliblar boşqaruvida özlarini töla xavfsiz his etişlarini bildirişdi, şuningdek Ğarbni va islomiy dress-kodga qarşi  bölganlarni qoralaşdi. «Afğonistonni tark etgan ayollar bizning vakilimiz böla olmaydi», deya yozilgandi namoyiş iştirokçilaridan biri tutgan tabliçkada.

Ammo ularning özi ham barça afğon ayollarini ifodalay olmaydi: Kobul atrofida yaşovçi 17 yoşli Syuzan uç haftadirki uydan çiqa olmaydi - u qörqadi. «Men özim va yaqinlarim bilan nima bölişini bilmayman. Doim dahşatli tuşlar köraman, endi biz yigirma yil oldin ota-onalarimiz boşidan ötkazganlarni his qilmoqdamiz», deydi u BBC muxbiri bilan suhbatda.

Syuzan naşr muxbiri bilan messenjer orqali muloqot qilgan. U inglizçada yaxşi gapira olmasligi uçun oldindan uzr söradi va «Tolibon» hujum boşlaşidan oldin ona şahri Mozori Şarifda har kuni til örganganini aytadi. Jangarilar viloyatlarni birin-ketin egallab ola boşlagaç, uning oilasi Kobul tomon qoçgan va bu yer xavfsizroq bölişidan umid qilgan.

«Ammo hozirda xavfsizlik haqida gap bölişi mumkin emas», deydi Syuzan. Uning oilasi hazoralarga mansub (1998 yildan toliblar tomonidan ta'qibga olingan şialar), u otasini eslaydi, otasi toliblarga qarşi kuraşib, armiyada xizmat qilgan, ammo bir neça oydan buyon bedarak ketgan.

«Tolibon» ayollarga nimalarni va'da qilgandi?
«Tolibon» Afğonistonni 1996 yildan 2001 yilgaça boşqargan, bu davr mobaynida mamlakatda şariat qonunlari amalda bölgan. Sakkiz yoşdan katta qizlar maktabga borişi mumkin bölmagan, ayollarga işlaş (soğliqni saqlaş sohasi bundan mustasno) va köçaga erkak jinsidagi yaqin qarindoşisiz çiqiş (ular hamişa paranjida bölişi şart edi) taqiqlangan. Turmuş örtoğiga xiyonat qilgan ayollar toşböron qilingan.