O‘zbekiston | 12:14 / 24.09.2021
9819
1 daqiqa o‘qiladi

Prokurorlarni chiqarib, binoni bolalar uchun berganman – Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi holatni esladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyatdagi Mehribonlik uylari haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Samarqanddagi Mehribonlik uylaridagi holatni hech kim menchalik yaxshi bilmaydi. Hokim bo‘lib kelganimda bolalar uylarini borib ko‘rganman, sharoitlarini ko‘rib yuragim ezilgan. Shu kundan boshlab ishga kirishganman.

Samarqand shahrining Temiryo‘l tumani prokuraturasi juda chiroyli binoda joylashgan ekan. Hammasini chiqarib, bolalarni olib kelib joylashtirdim. Ana o‘shanda prokurorlarning kattasi bo‘lgan vallamat bilan san-manga borganmiz. “Siz hokim bo‘lib nega prokuratura ishiga aralashyapsiz?” degan.

“Men hokimman, xalqimiz, bolalar uchun shunday qildim. Qo‘lingdan kelganini qilaver” deb javob berganman”, – deya amaldagi prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid