Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada qadimiy Xorazm tangalari topildi
Tangalar arxeologik qazishmalar chog‘ida vikinglarga tegishli xazinalar ichidan topilgan.
Xorazm Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti Shohruxmirzo Ismoilov Shvetsiya tarixi muzeyi tarkibidagi Qirollik tangalar kolleksiyasi, vikinglar davri va o‘rta asr tangalari bo‘limi rahbari Florant Audi bilan hamkorlik o‘rnatdi.
Hamkorlik doirasida Shvetsiyaning turli hududlarida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar chog‘ida vikinglar xazinasi tarkibida aniqlangan jami 9 ta Xorazm tangalarining yuqori tiniqlikdagi rasmlari va ular haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Tangalarning barchasi kumushdan yasalgan bo‘lib, milodiy 811-959 yillar orasida Xorazmda zarb qilingan va savdo karvonlari bilan shimoliy Yevropa hududlariga borib qolgan.
Tangalar so‘nggi Afrig‘iy hukmdorlar va arab xalifalarining Xorazmdagi noiblari tomonidan zarb qilingan. Ushbu kolleksiya Xorazmning bundan ming yillar oldin shimoliy hududlar bilan faol savdo munosabatlari o‘rnatganini isbotlaydi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
21:47 / 09.04.2026
Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
13:41 / 03.12.2025