Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa tarixida ilk bor Islandiya parlamentida ayol deputatlar erkaklardan ko‘proqni tashkil qiladi
Islandiyada o‘tgan umumiy saylovlar natijalariga ko‘ra mamlakat parlamentida ayol deputatlar erkaklardan ko‘proq o‘rin egalladi. Ta'kidlanishicha, bunday holat Yevropaning zamonaviy tarixida birinchi marta yuz bermoqda.
Mamlakatning bir palatali parlamenti – 63 o‘rinli Altingga 33 ayol saylangan. Bu barcha deputatlarning 52 foizini tashkil qiladi. OAVda ta'kidlanishicha, Yevropaning birorta davlati parlamentida hali ayol deputatlar 50 foizdan ko‘proq o‘rin egallamagan. Bungacha Yevropa davlatlari orasida Shvetsiyada foiz hisobida ayol deputatlar soni eng ko‘p bo‘lgan va ular barcha deputatlarning 47 foizini tashkil qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Islandiyadagi saylovlarda bosh vazir Katrin Yakobsdottir boshchiligidagi hukmron koalitsiya g‘alaba qozondi.
Ayni vaqtda dunyoda faqat beshta davlat parlamentida ayol deputatlar ulushi 50 foiz va undan ko‘proqni tashkil qiladi, bular: Ruanda (61 foiz ayol deputat), Kuba (52 foiz), Nikaragua (51 foiz), Meksika va BAA (50 foizdan).
Ta'kidlanishicha, bir qator davlatlardan farqli o‘laroq, Islandiyada parlamentda ayol deputatlar soniga cheklov yo‘q, biroq ba'zi partiyalar o‘z nomzodlarining ma'lum qisminigina ayollar tashkil qilishini talab qiladi.
Islandiya erkaklar va ayollar teng huquqligini ta'minlash bo‘yicha uzoq vaqtdan beri dunyoda ilg‘or davlatlardan biri bo‘lib kelgan. Bu yerda 1961 yilda jinsdan qat'i nazar, mehnatga bir xilda haq to‘lash haqida ilk qonun qabul qilingan. Bundan tashqari, Islandiya 1980 yilda prezidenti ayol kishi bo‘lgan dunyodagi birinchi davlatga aylangan.
Mavzuga oid
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
21:50 / 21.10.2025