Tailandda yakşanba kuni, 8 fevralda, muddatidan oldingi parlament saylovlari bölib ötdi. Ularning natijasiga köra Milliy assambleya quyi palatasi — Vakillar palatasi tarkibi aniqlanadi. Bundan taşqari, mamlakatda referendum ham ötkazildi: unda yangi konstitutsiyani işlab çiqişni boşlaş kerakmi-yöqmi, degan masala hal qilinadi. Bu yangi konstitutsiya 2014 yilgi davlat töntarişidan keyin hokimiyatga kelgan harbiy xunta davrida amal qilgan asosiy qonun örnini bosişi mumkin.

Asosiy raqobat söllarga yaqin islohotçi Xalq partiyasi, boş vazir Anutxin Çanvirakun rahbarligidagi konservativ “Pxumçaytxai” (“Tailand ğururi”) partiyasi hamda Çinavat sulolasiga mansub “Pxia Txai” (“Tailandliklar uçun”) partiyasi örtasida keçmoqda.

Tahlilçilar keskin kuraş bölişini, bu esa aniq bir ğolibni belgilaşi qiyinligini prognoz qilmoqda. Ular saylovdan keyin koalitsiya tuziş böyiça murakkab muzokaralar bölişini kutyapti.

Ovoz beriş mamlakat iqtisodiyoti va turizm sektori qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan, şuningdek Kamboja bilan munosabatlardagi taranglik kuçaygan şaroitda ötmoqda. Bu taranglik avvalroq çegarada qonli töqnaşuvlarga ham olib kelgan edi.

2023 yildagi umumiy saylovlardan keyin ötgan uç yilga yetmas vaqt içida mamlakatda uç boş vazir almaşgan.

Tailandda siyosiy beqarorlikning uzoq tarixi bor. 1932 yilda konstitutsion monarxiya örnatilganidan beri mamlakatda 13 marta davlat töntarişi sodir bölgan.

2025 yil sentabrda boş vazirlik lavozimiga avval boş vazir örinbosari, Tailand içki işlar va soğliqni saqlaş vaziri lavozimlarini egallagan Anutxin Çanvirakun kirişgan.

Çanvirakunning örnida bölgan Pxetxongtxan Çinavat 2025 yil iyul oyi boşida boş vazirlikdan çetlatilgan: dpa agentligi xabar berişiça, sud 36 senator tomonidan kiritilgan petitsiyani qabul qilgan, unda siyosatçi jiddiy etik qoidabuzarliklarda ayblangan edi.

Hukumat rahbari tayinlaniş paytida Tailandning eng yirik muxolifat partiyasi parlament tört oy içida tarqatilib, yangi ovoz beriş tayinlanişi şartligini talab sifatida qöygan.

Tailand va Kamboja umumiy uzunligi 800 kilometrdan ortiq bölgan çegara böyiça 100 yildan ziyod vaqtdan beri bahslaşib keladi va bu köp bor töqnaşuvlarga sabab bölgan. Nizoning markazida — Preaxvixea (Preah Vihear) deb ataluvçi ibodatxona majmuasi va unga tutaş yerlar turibdi.