Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston vakili BMT Bosh assambleyasida ishtirok etishdan bosh tortdi
Afg‘onistonning avvalgi hukumatida mamlakatning BMTdagi doimiy vakili bo‘lgan G‘ulom Isoqzoy BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida ishtirok etishdan bosh tortganini ma'lum qildi.
EFE axborot agentligining manbalarga tayanib xabar berishicha, Isoqzoy bu qarori haqida BMTni xabardor qilgan, biroq buning sababini tushuntirmagan.
Dastlabki rejaga ko‘ra, Bosh assambleyada Afg‘oniston prezidenti nutq so‘zlashi kutilgan. Biroq mamlakatda hokimiyat tepasiga toliblar kelgani sababli prezident o‘rniga “Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari”, ya'ni mamlakatning BMTdagi doimiy vakili ishtirok etishi belgilangan. Isoqzoy ismi Bosh assambleyada nutq so‘zlovchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan va uning 27 sentyabrda nutq so‘zlashi kutilgandi.
EFE’ning ta'kidlashicha, endilikda sessiyada Afg‘onistondan na hokimiyatni egallagan toliblar, na avvalgi rahbariyat vakillari ishtirok etadi.
O‘tgan hafta BMT bosh kotibining rasmiy vakili Farxon Haq toliblar BMTga maktub yo‘llab, unda Isoqzoy mamlakatni BMTda boshqa bildirmasligini, uning o‘rniga Muhammad Suhayl Shahin tayinlanganini ma'lum qilishganini aytgandi. Toliblar maktubda, shuningdek, ularga BMT Bosh assambleyasida dunyo davlatlariga murojaat qilish imkoniyati berilishini iltimos qilishgan.
Endilikda Afg‘onistonni BMTda kim – avvalgi hukumat tayinlagan vakil yoki toliblar vakili bildirishi masalasini BMTning vakolatlarni tekshirish bo‘yicha komissiyasi hal qilishi lozim.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026