Nyu Yorkdagi BMT boş qarorgohida 7 iyuldan yuqori darajadagi siyosiy forum öz işini boşladi. 6 kunlik xalqaro tadbirning birinçi kunida energetika va suv masalalari muhokama qilindi. Iştirokçilar qatorida Özbekistondan ham delegatsiya bor, Prezident administratsiyasi vakillari rahbarlik qilmoqda. Kun.uz bilan gaplaşgan suv xöjaligi vaziriga köra, BMT Özbekistonni suv stressini kamaytirgan yetakçi davlatlardan biri deb topdi.

Vazir Şavkat Hamroyev Özbekiston delegatsiyasi tarkibida, bundan taşqari 7 iyul kungi sessiyada Prezident administratsiyasi rahbarining örinbosari Timur Butunbayev ham nutq sözladi. Rasmiylar asosan davlatning suv siyosati, budjetdan bu yönalişga ajratilayotgan mablağlar, bugungi ustuvor yönalişlarga töxtaldi. Delegatsiya AQŞ davlat hamda xususiy taşkilotlari bilan ham muzokaralar ötkazmoqda.

Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev Nyu Yorkda Kun.uz jurnalisti bilan gaplaşarkan, 2030 yilga borib mamlakatda suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga çiqişini ma’lum qildi.

“Suv yetişmovçiligi katta muammo, yaxşiyam bu yili yoğingarçilik ança yaxşi böldi. Biz mustaqillik yillarida olgan suvimizdan 10-12 mlrd kub metr kam çiqaryapmiz. 2030 yilga borib yetişmovçilik 15 mlrd kub metr böladi, şuning uçun hozirdan suvni iqtisod qila boramiz, tomçilab suğoruvçi texnologiyalarni kengroq joriy qilamiz va şu miqdordagi suvni orttirişimiz kerak”, deydi vazir.

Ma’lum bölişiça, davlat budjetidan bu yili aynan suv xöjaligi uçun 4-4,2 foizgaça mablağ ajratilişi belgilangan.

Suv stressi böyiça esa BMT Özbekistonni ilğor işlovçi davlatlar qatoriga kiritdi. Xöş, bu nima degani?

“Iqlim özgarişi sababli va yoğingarçilik kam bölişi, daryolarda suv kamayişi oqibatida biz 169 foiz bosimga ega edik va oxirgi 2017 yildan 2022 yilgaça 47 foizga kamayib, 122 foizga pasaytirişga erişdik. Joriy yil yakuni bilan biz 117 foizga, ya’ni yana 5 foizga kamaytirişga erişamiz. Yana 2030 yilgaça biz bu stressni 95 foizga kamaytiramiz. Suv kamayib boryapti. Biz jami olayotgan suv miqdorimiz, yoğingarçilik miqdorlari kamayayotgan bölsa ham, xalq şuni kamroq sezyapti. 11 milliard kub metr bir yilda suv tejaşga erişyapmiz”, deydi vazir Kun.uz’ning savoliga javoban.

Eslatib ötamiz, Nyu Yorkda siyosiy forum doirasida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan ham yalpi sessiya rejalangan.