Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul tez orada suvsiz qolishi mumkinligi ma'lum qilindi
Ta'kidlanishicha, bir necha yillardan beri davom etayotgan qurolli nizolar, iqlim o‘zgarishi va suv ta'minoti tizimining yomon boshqarilishi ushbu vaziyatga olib kelgan.
Afg‘oniston poytaxti Kobul yaqin vaqt ichida suvsiz qolishi mumkin. Bu haqda shahar meri Hamdulla No‘'moniy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yillardan beri davom etayotgan qurolli nizolar, iqlim o‘zgarishi va suv ta'minoti tizimining yomon boshqarilishi ushbu vaziyatga olib kelgan.
"Suv tanqisligi kundan kunga kuchaymoqda. Shahar bugun-erta suvsiz qolishidan xavotirdamiz", — dedi No‘'moniy.
No‘'moniyning aytishicha, hukumat inqirozni bartaraf etish uchun suv yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi.
Jahon oziq-ovqat dasturining bildirishicha, agarda Afg‘oniston hukumati suv ta'minoti muammosi bilan jiddiy shug‘ullanmasa, mamlakatni ommaviy ocharchilik kutadi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026