09:23 / 29.09.2021
1555

Bo‘stonliq tumanidan olib qochilgan avtomobil YPX inspektorlari tomonidan topib, egasiga qaytarildi

Bo‘stonliq tumanida uy oldida qoldirilgan “Vaz-21011” rusumli transport vositasi olib qochilgan. Qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobilni Hondoyliq qishlog‘ida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro olib qochgani aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Joriy yilning 26 sentabr kuni soat 07:30larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Baraj» MFY E.Asanov ko‘chasi 2-uy oldida bir kun avval qoldirilgan «Vaz-21011» rusumli transport vositasi olib qochilgani to‘g‘risida fuqaro ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Shundan so‘ng Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan to‘sib ushlash tadbiri amalga oshirildi. Olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, ushbu avtomobil Bo‘stonliq tumani Hondoyliq qishlog‘i «Ko‘kto‘nli» MFY hududida, namunali uylar yaqinida qarovsiz holda Toshkent viloyati IIBB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘limi boshlig‘i mayor X.Nasriddinov tomonidan topildi.

Qidiruv-surishtiruv ishlari davom ettirilib, olingan ashyoviy dalillar orqali mazkur transport vositasi Bo‘stonliq tumani Hondoyliq qishlog‘ida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.S. tomonidan olib qochilgani aniqlandi va gumonlanuvchi o‘z yashash uyida ushlandi.

Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismiga (transport vositasini olib qochish) ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top