Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi gaz va elektr yetkazib beruvchi uchta kompaniya mijozlarga xizmat qilishni to‘xtatdi
Narxlar o‘sishi boshlanganidan buyon Britaniyadagi 1,77 mln xo‘jalikka gaz va elektr yetkazib beruvchi kompaniyalar bozorni tark etdi.
Britaniyadagi Igloo Energy Supply Ltd., Enstroga Ltd. va Symbio Energy Ltd. gaz va elektr ta'minotchilari Yevropada gaz narxi rekord darajada qimmatlashgani sababli mijozlarga xizmat qilishni to‘xtatishini e'lon qildi.
Igloo 179 ming, Symbio - 38 ming, Enstroga esa 6 ming uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatardi. Endilikda 233 mingta xo‘jalik avtomatik tarzda boshqa ta'minotchiga o‘tkazildi.
Igloo bayonotida aytilishicha, o‘ta yuqori narxlar bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni hech kim kutmagandi.
Narxlar o‘sishi boshlanganidan buyon Britaniyadagi 1,77 mln xo‘jalikka gaz va elektr yetkazib beruvchi kompaniyalar bozorni tark etdi. Yana 7 mln uy xo‘jaligi yetkazuvchisiz qolishi mumkin.
30 sentyabr kuni ICE Futures birjasida ming kub metr gazning noyabr uchun fyuchers narxi 1102 dollarni tashkil etdi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada yonilg‘i inqirozi kelib chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026