Buyuk Britaniyada yonilği taqçilligi sababli AYoQŞlar ommaviy ravişda yopilmoqda, deb xabar berdi Associated press.
Işlab turgan AYoQŞlarda ulkan navbatlar paydo bölgan. Haydovçilar navbati kelişini soatlab kutişiga töğri kelmoqda.
Qariyb 5500ta sotuv nuqtasini birlaştiruvçi Çakana benzin sotuvçilar assotsiatsiyasi uning a'zolarining uçdan ikki qismi ixtiyorlaridagi yonilğini sotib bölganini, qolganlarda esa zaxira tez orada tugaşini ma'lum qildi.
Yonilği inqirozi yuk maşinalari haydovçilari yetişmasligi oqibatida yuzaga kelgan yetkazib berişdagi uzilişlar sababli paydo böldi.
Qayd etilişiça, mamlakatda yonilği yetarli, biroq u terminallarda va neftni qayta işlaydigan zavodlarda turibdi.
Transport sohasi vakillarining bildirişiça, Buyuk Britaniyada ön minglab yuk maşinalari haydovçilari yetişmayapti. Bunga koronavirus pandemiyasi va mamlakat YeIdan çiqib ketganidan söng xorijlik işçilarning ketib qolişi sabab qilib körsatilmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati xorijlik haydovçilar uçun minglab tezkor viza berişini e'lon qilgan. Xususan, oktyabrdan yuk maşinalari haydovçilari uçun 5 mingta uç oylik vizalar berilişi boşlanadi.












