Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors Rossiya bankidan 100 mln dollar jalb qiladi
UzAuto Motors va Rossiyaning «Sovkombank» banki o‘rtasida akkreditivlar to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Shartnoma qiymati – 100 million dollar. Pulni qaytarish muddati – 3 yil.
Shartnomani imzolash marosimida UzAuto Motors bosh direktori Bo Inge Andersson va boshqaruv raisi o‘rinbosari, «Sovkombank» korporativ investitsiyalar bloki rahbari Mixail Autuxov ishtirok etdi.
«Sovkombank» bilan savdo-sotiqni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi nafaqat uzoq muddatli hamkorligimizning yangi sahifasi, balki uzoq muddatli biznesni rivojlantirish strategiyamizga yana bir qadamdir”, – dedi UzAuto Motors bosh direktori.
«Bugun biz UzAuto Motors uchun akkreditiv ochyapmiz va umid qilamizki, bu talab qilingan bank vositasi kompaniyaning biznes sohasida yangi marralarni zabt etishiga yordam beradi», – ta'kidladi «Sovkombank» boshqaruv raisi o‘rinbosari, korporativ va investitsiya bloki rahbari Mixail Autuxov.
Autuxov, shuningdek, UzAuto Motors may oyida London fond birjasida yevroobligatsiyalar debyutini joylashtirganida «Sovkombank» tashkilotchi sifatida ishtirok etganini qo‘shimcha qildi.
Ma'lumot uchun, «Sovkombank» universal bank bo‘lib, Rossiyaning 10 ta eng yirik banklari ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi
18:45 / 27.12.2024