Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodovga La Liga peshqadamlaridan biri qiziqish bildirmoqda
«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Ispaniyaning «Fichajes» nashri.
Manba xabariga ko‘ra, «Sevilya» klubi o‘zbekistonlik 26 yoshli hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Andalus klubi Shomurodovni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, ushbu transferning amalga oshish imkoniyati katta emas. Sababi «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino Eldor Shomurodovni boshqa klubga transfer qilinishiga ko‘nmaydi. O‘zbekistonlik forvard portugaliyalik mutaxassisning rejalaridan o‘rin olgan.
Shomurodov yozgi transfer oynasida 17 million yevro evaziga «Jyenoa»dan «Roma»ga o‘tib, rimliklar bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagandi. U joriy mavsum A Seriyada 6 o‘yinda maydonga tushib, 2ta assist muallifiga aylangan.
Ma'lumot uchun, «Sevilya» La Ligada ayni damda 14 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
01:18 / 18.05.2026
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026
«Istanbul Boshoqshehir» Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oladi
19:16 / 11.04.2026