Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Saakashvili Ukrainaga qaytarilishiga erishishni va'da qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyada qo‘lga olingan Mixail Saakashvilining qaytarilishiga erishishini ma'lum qildi.
«Men Ukraina prezidenti sifatida Ukraina fuqarosi qaytarilishi bilan shug‘ullanaman <…> Janob Saakashvili Ukraina fuqarosi, bu unga ham taalluqli», — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltirmoqda «Interfaks» agentligi.
Zelenskiy Saakashvilining Gruziyaga borgani haqida matbuot orqali xabar topgani va sobiq gruzin prezidentining bu qaroridan hayron bo‘lgani haqida gapirgan.
Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak avvalroq «biz o‘z fuqaromizni olishimiz kerak» degandi. Podolyak Ukraina va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari Saakashvilining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq ish yuzasidan maslahatlashuv o‘tkazishini qo‘shimcha qilgan.
Mixail Saakashvili 2008—2013 yillarda Gruziya prezidenti bo‘lgan. U prezidentlik muddati tugashiga oz qolgan vaqtda mamlakatdan chiqib ketgan. Shundan keyin unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasi bo‘yicha 2018 yilda sud hukmi ham o‘qilgan.
Mixail Saakashvili sakkiz yil ichida ilk marta tashrifida, 1 oktabr kuni Tbilisida qo‘lga olingandi. Unga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha ish ochilgan. U mamlakatga 2 oktabr kungi mahalliy saylovlar arafasida qaytgandi. Bu saylov yakunlariga ko‘ra hukumatdagi «Gruziya orzusi» partiyasi birinchi bo‘ldi, ammo yetarlicha ovoz to‘play olmadi. Ikkinchi o‘rinni Saakashvili asos solgan «Yagona milliy harakat» egalladi. Endilikda mamlakatdagi deyarli barcha shaharlarda merlarni saylash uchun ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026
Ukrainada saylov masalasi zimdan muhokama qilinmoqda. Zelenskiy yaqqol favorit emas
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
17:15 / 04.07.2026