17:01 / 04.10.2021
4037

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 5 milliondan oshdi

Dunyodagi bir hafta ichida qayd etilgan koronavirusdan o‘lim holatlarining yarmidan ko‘prog‘i AQSh, Rossiya, Braziliya, Meksika va Hindistonga to‘g‘ri keladi. 

Foto: Reuters

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 5 milliondan oshdi, ularning yarmi sakkiz oy ichida vafot etgan, deb yozadi Reuters.

Agentlikning tahliliga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan bir yil o‘tib koronavirusdan o‘lim holatlari 2,5 milliondan oshgan. Yana 2,5 million kishi sakkiz oydan kamroq vaqt ichida vafot etgan.

Dunyodagi bir hafta ichida qayd etilgan koronavirusdan o‘lim holatlarining yarmidan ko‘prog‘i AQSh, Rossiya, Braziliya, Meksika va Hindistonga to‘g‘ri keladi. 

Qayd etilishicha, eng yuqori o‘lim darajasi Janubiy Amerikada qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Amerika va Sharqiy Yevropa turibdi.

Agentlikning yozishicha, dunyoda koronavirusning delta-shtammi hukmronlik qilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top