O‘zbekiston | 09:53 / 05.10.2021
4205
1 daqiqa o‘qiladi

Kollej va texnikumlarga test topshiriladigan fanlar hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Respublika kollej va texnikumlarga professional ta'lim bosqichidagi kasb (mutaxassislik)larga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari rasman tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni jami 70 tani tashkil etadi.

Bunda, 30 ta - majburiy fanlar (ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika, O‘zbekiston tarixi) va 40 ta - kasb va mutaxassisliklarga mos ikkita fan bo‘yicha bo‘ladi.

Avvalroq, kollej va texnikumlarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirilgandi.

Ma'lumot o‘rnida, prezident qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid