Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021 yil 25 sentyabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga kollej.edu.uz va texnikumlarga texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirilmoqda.
Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi: elektron ariza to‘ldiriladi; umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi yuklanadi; pasport ma'lumotlar kiritiladi. Yuridik texnikumlar bundan mustasno.
Ma'lumot o‘rnida, prezident qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
11:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi
18:59 / 06.03.2026
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
13:52 / 24.02.2026
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida doktoranturaga qabul tartibi tasdiqlandi
10:03 / 12.02.2026