Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozyovonda homilador ayolni pichoqlab o‘ldirganlikda gumonlangan shaxs qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dahshatli voqea! 8 oylik homilasi bilan kelinni bo‘g‘izlab tashlagan" sarlavhali videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2021 yil iyun oyida U.N. Yozyovon tumani, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biriga kirib, mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida uyda bo‘lgan homilador M.Q uni ko‘rib qolganligi sababli, uni pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.Q kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha 1 nafar shaxsga ayb e'lon qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun 2021 yil 16 sentabr kuni Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 15.07.2025
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi?..” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda
11:16 / 24.05.2025