Farğona viloyati Yozyovon tumani Soyböyi mahallasidagi noturar binoda katta yonğin çiqdi. Bu binoda kuz-qiş mavsumida baliq pişirib sotilgan, şu kunlarda esa neft mahsulotlari noqonuniy ravişda saqlanayotgan bölgan. Yonğin solyarka portlaşidan kelib çiqqan. Oqibatda 3 kişi vafot etdi, 2 kişi jonlantiriş bölimida qolmoqda. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, guvohlar va mas’ullar bilan suhbatlaşdi.

16 iyun kuni soat 22:16 larda Farğona viloyati Yozyovon tumani Soyböyi mahallasida joylaşgan çoyxonada yonğin sodir bölgan. Guvohlarning sözlariga köra, yongan binoda kuz va qiş mavsumida xörandalarga baliq pişirib sotilgan, qolgan paytda u yerda noqonuniy ravişda neft mahsulotlari saqlangan.

Yonğin solyarka portlaşidan kelib çiqqani aytilyapti. Oqibatda binoning 60 kv m maydoni va 3 ta avtomobil – Labo, Hyundai va Mercedes-Benz zararlangan.

Yozyovon tumani tibbiyot birlaşmasi boş şifokori örinbosari Abdulaziz Ğoyipovning ma’lum qilişiça, 1976 yilda tuğilgan A.H. hamda 1999 yilda tuğilgan Z.O. II-III darajali termik kuyiş bilan, 2012 yilda tuğilgan O.O. tananing 100 foiz kuyişi, nafas yöllari kuyişi, kuyiş karaxtligi oğir darajasi taşxisi bilan şifoxonaga olib kelingan.

Körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay 14 yoşli bemor vafot etgan. Ikki bemor esa oğir ahvolda qolmoqda.

Abdulaziz Ğoyipov

Farğona viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bölimi boşliği Ahliddin Alijonovga köra, yonğin qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan paytda ikki nafar fuqaro yonğin oqibatida hayotdan köz yumgan holatda topilgan. Qolgan uç nafari şoşilinç tez tibbiy yordamga yuborilgan.