Jahon | 21:33 / 06.10.2021
8865
1 daqiqa o‘qiladi

Dronning parvoz vaqti bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Pekin aviatsiya va kosmonavtika universiteti talabalari ishlab chiqqan uchuvchisiz parvoz qurilmasi uzluksiz parvoz vaqti bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Dron 80 soat 46 daqiqa 35 soniya uzluksiz parvozda bo‘lgan.

Foto: FAI

“Fen Ju 3-100” deb nomlangan dron 2014 yilda Boeing kompaniyasining shu'ba korxonasi Aurora Flight Sciences tomonidan ishlab chiqilgan “Orion” dronining rekordini yangilagan. O‘shanda ushbu dron 80 soat 2 daqiqa 52 soniya davomida uzluksiz parvoz qilgan. 

Ta'kidlanishicha, rekord uzoq parvoz ancha avvalroq - 21 may kuni Syuychan shahrida amalga oshirilgan. Uchish qurilmasi 300 metr balandlikda aylanib yurgan. Parvoz vaqtida qurilmani yonilg‘i bilan to‘ldirish taqiqlangan.

Universitet yaqinda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi tomonidan rekord parvoz o‘rnatilgani haqida berilgan sertifikatni taqdim etgan.

Dron qora rangda bo‘lib, uning qanotlari uzunligi 10 metrni tashqil qiladi. Qurilma benzin dvigateli bilan harakatga keltiriladi va yonilg‘i bilan to‘ldirilgan holatdagi og‘irligi 60 kgni tashkil qiladi. Dron “Xitoy aviatsiyasi otasi” hisoblangan Fen Ju sharafiga nomlangan.

Mavzuga oid