Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning haydovchilikka o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir vaqtinchalik tartiblar tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, ushbu yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilishi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha kompensatsiya beriladi.
Shuningdek, xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi kompensatsiya qilinishi nazarda tutilgan.
Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta'lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi belgilandi.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:07 / 11.06.2026
Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
19:00 / 28.04.2026