Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mustaqil ekspertlarga normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi
Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy hamda mustaqil ekspertizadan o‘tkazish Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan, ularning o‘z mablag‘lari va (yoki) buyurtmachilar hisobidan amalga oshiriladi;
- ekspertlar reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi;
- normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi hamda ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tuzilgan ma'lumotnoma ekspertiza o‘tkazgan shaxslar va Adliya vazirligiga yuboriladi.
Adliya vazirligi ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish, korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizani amalga oshiradigan shaxslarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
18:20 / 17.06.2026
Davlat xizmatchilari uchun qamoqxonaga ekskursiya amaliyoti yo‘lga qo‘yildi
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
15:47 / 13.06.2026