Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
Bundan tashqari, xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik uchun jazo og‘irlashtirilib, bunday jinoyatchilar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi. Xususiy kompaniya xodimini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda. Qator turdagi jinoyatlar “g‘arazgo‘ylik niyatlarida” sodir etilgan bo‘lsa, og‘irroq jazo beriladi.
O‘zbekistonda pora olgan, pora bergan va pora oldi-berdisida vositachilik qilgan shaxslarni jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish taqiqlanadi. Tegishli qonun 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama kiritilib, korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilanmoqda. Bu bilan terminologik chalkashliklarga barham beriladi.
Bundan tashqari, pora olish, pora berish va bu jarayonda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish institutini qo‘llash taqiqlanyapti.
Shuningdek, xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik – Jinoyat kodeksining 168-moddasi uchinchi qismidan to‘rtinchi qismiga o‘tkazildi. Bu bilan mazkur qilmish uchun eng og‘ir sanksiya endi 8 yilgacha emas, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
Nodavlat (xususiy) tashkilot xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish jinoyati uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida qilmishning “g‘arazgo‘ylik niyatlarida” sodir etilishi – jazoni og‘irlashtiruvchi yangi kvalifikatsiya belgisi sifatida belgilanmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimida funksiyalar takrorlanishining oldini olish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi va Hisob palatasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimi joriy qilinishi ustidan nazorat qilish vazifasi bekor qilindi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda esa davlat xaridlari va budjet tizimidagi qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar kuchaytirildi.
Senatorlarning fikricha, mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Senatorlar qonunni ma’qulladi.
Mavzuga oid
09:45
Guliston shahar hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
09:15
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
10:12 / 11.06.2026