Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan 544ta ko‘p kvartirali uy-joy renovatsiya qilinadi
2021 yilda ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan 544 ta ko‘p kvartirali uy-joy renovatsiya qilinadi. Bu haqda AOKAda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, 544 ta ko‘p kvartirali uy-joydan 211 ta uy-joy buzib qaytadan quriladi, 57 ta uyda renovatsiya ishlari amalga oshiriladi, 276 ta uy instrumental o‘rganiladi.
Bildirilishicha, 2021 yilning 1 oktyabridan boshlab qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi.
2021 yilda ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Maxsus fondga 100 mlrd so‘m ajratilgan.
Mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va o‘lchamlarini belgilash hamda ularga doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni, shu jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, elektron reyestr va baholash dasturiy platformasi orqali boshqaruv tashkilotlari reytingida to‘rtta A, B, C, D toifalarga ko‘ra uy-joy mulkdorlarining ovoziga asosan baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:35 / 15.06.2026
Toshkentda renovatsiyaning birinchi bosqichi boshlandi
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
20:19 / 11.06.2026