Haddidan oşgan haydovçilar maşinasiz qoladi: prezident yöllardagi xavfsizlik böyiça muhim takliflarni ma’qulladi. Mustaqillikdan oldin qurilgan 17 mingta uy örnida yangilari quriladi: buning tartibini belgilovçi renovatsiya qonuni imzolandi. Nasiya savdo asosidagi yana bir xususiylaştiriş bekor böldi: Farğonadagi neft zavodi töliq davlat egaligiga qaytdi. Içki işlarda ikki xodim pedofiliyada ayblanmoqda: ularning ikkisi ham aynan voyaga yetmaganlar böyiça inspektor bölgan.

Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim mavzulari – Kun.uz dayjestida

Qöpol qoidabuzarliklar böyiça IIVdan takliflar

Içki işlar vazirligi yöllardagi qoidabuzarlarni tiyiş uçun yangi takliflar bilan çiqdi. Payşanba kuni Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Şerzod Ibragimov bu takliflarni davlat rahbariga taqdimot qildi.

Uning sözlariga köra, beşta turdagi qöpol qoidabuzarliklar uçun transportni vaqtinça olib qöyiş yoki musodara qiliş tartibi ilgari surilyapti. Ibragimov bu beşta qoidabuzarlik qatorida tezlikni haddan taşqari oşiriş ham bor-yöqligiga aniqlik kiritmadi. U faqat bitta holatni tilga oldi: transportni boşqariş huquqiga ega bölmagan yoki bunday huquqdan mahrum qilingan şaxs yöl bezoriligini sodir etgan taqdirda, unga belgilangan jazoga qöşimça ravişda avtomobilni musodara qiliş yoki vaqtinça olib qöyiş jazosi joriy etiladi.

Öta darajada haddidan oşib ketgan qoidabuzarlarga nisbatan bunday jazo qöllaşni jamoatçilik ança vaqtdan beri sörab kelayotgan edi. Şu bilan birga, mas’ullar “avtoterrorist”larga nisbatan qonunçilikka yangi modda qöşişdan taşqari, allaqaçon bor moddalarni amaliyotda kengroq qöllaşni ham boşlaşi kerak. Biz avvalroq Toşkent şahri markazida 214 km/soat tezlikda harakatlanib, şunçaki jarima bilan qutulgan Tesla misolida, “yöl bezoriligi” moddasining sanksiyasida körsatilgan guvohnomadan mahrum qiliş yoki “bezorilik” moddasida körsatilgan 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazolari har doim ham amaliyotda işlamayotganiga