Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kunduzdagi teraktni qoraladi
Qurbonlar soni 50ga, jarohatlanganlar esa 150 nafarga yaqinlashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi teraktni “g‘ayriinsoniy hujum” deb atab, jabrlanuvchilarning oilalariga ta'ziya bildirdi.
O‘zbekiston 8 oktyabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Kunduz shahrida masjidlardan birida sodir etilgan qonli teraktni keskin qoraladi.
“Bunday zo‘ravon harakatlar Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni o‘rnatishga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston hukumati ushbu g‘ayriinsoniy hujumda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta'ziya izhor etadi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi axborotida.
Juma namozi paytida shialar masjidida sodir etilgan teraktda, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 50ga yaqin inson halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 150ga yaqin.
O‘zini portlatish orqali amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati – Xuroson” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu guruh avgust oyida, AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishining so‘nggi kunlarida ham teraktlar sodir etgan, o‘shanda Kobuldagi portlashlar 170dan ortiq kishini, xususan 13 nafar amerikalikni hayotdan olib ketgandi.
3 oktyabrda Kobuldagi Idgoh masjidi yonida olomon orasida kuchli portlash sodir etilishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026