Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi o‘z joniga qasd qilishga moyil qizlar ro‘yxatini shakllantiradi
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hujjatlarga kiritiladi:
- Xalq ta'limi vazirligi to‘g‘risida nizom;
- Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obektlar ro‘yxati;
- Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi nizom;
- “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi VMQ;
- O‘zbekistonda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
- “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ.
Xalq ta'limi vazirligi davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash, ularning ta'lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish maqsadida endi, shuningdek:
- o‘z joniga qasd qilishga moyil qizlar va ruhiyatida o‘zgarish kuzatilgan o‘quvchi qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etadi;
- ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish choralarini ko‘radi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obektlar ro‘yxatiga kiritildi.
“Mahalla va oila” ITIning asosiy vazifalari kengaytirildi. Xususan, boshqalar qatorida, institut oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur o‘rganishni amalga oshiradi. Shuningdek, uning asosiy vazifalari jumlasida: oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlikka uchragan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026