Soğliqni saqlaş vazirligi bu yil Özbekistonda keng tarqalgan «delta» ştammi ança xavfli çiqqani, u avvalgi yildagidan farqli ravişda aholining katta qatlami hisoblangan bolalarni ham qamrab olayotganini ma'lum qildi.
 
Izoh berilişiça, buning uç asosiy sababi bor. Birinçisi — bolalarning aksariyati vaksina bilan emlanmagan. Ikkinçi sabab — karantin qoidalariga yetarli e'tibor qaratilmayapti. Uçinçisi — yangi öquv yili boşlanişi bilan muloqot jarayoni faollaşdi.  
 
Joriy yil boşidan Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 18 yoşgaça bölgan 3658 nafar öğil-qiz COVID-19 taşxisi bilan yotqizilgan. Ularning eng katta qismi, ya'ni 1263 nafarini 7 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar taşkil etadi.  

Şifoxona direktori Anvar Husanovning ma'lumot berişiça, Özbekistonda koronavirusning örta oğir darajasini boşdan keçirayotgan bemorni davolaşga davlat budjetidan 15 million sömgaça mablağ sarflanmoqda.

«Masalaning iqtisodiy jihatini tahlil qiladigan bölsak, kasallangan örta holatdagi bemor muolajasi uçun davlatimiz hisobidan 15 million sömgaça mablağ sarflanmoqda. Albatta, bu summalar dori-darmon, oziq-ovqat, tibbiy xizmat, transport, kommunal va  boşqa köplab sarf-xarajatlarni öz içiga oladi. 

Qolaversa, COVID-19ga çalingan bemor şifoxonadan tuzalib, uyiga qaytgaç ham, immun tizimi töliq tiklanişi va xastalik asoratlaridan batamom xalos bölişi uçun uzoq vaqt tibbiy preparatlarni qabul qilib yurişiga töğri keladi. Albatta, bularning barçasi katta çiqim talab etişi turgan gap. Bundan taşqari, koronavirus keyinçalik inson tanasining boşqa a'zolari faoliyatiga ham salbiy ta'sir körsatişi ehtimoli yuqori. Şu ma'noda, vaksina eng arzon, xavfsiz va samarali usuldir», degan u.

Bemor Dilorom Ahmadjonova şifoxonaga farzandlari bilan tuşib qolgan va hozirda vaksina olmaganidan afsusda.

«Bu yerda ikki öğlim bilan yotibmiz. Biri ön uç, ikkinçisi uç yaşar. Kasallik avval ularga yuqqan, keyin men ham xastalanib qoldim. Palatadoşlarimiz Şoira Qodirova va uning 6 yoşli farzandi qarindoşlarimiz. Ular bilan ham muloqotda bölgandik. Hozir muolajalar davom etyapti. Bolalarning ahvoli ança yaxşi. Özimiz ham kundan kun tetiklaşib boryapmiz. Lekin öz vaqtida vaksina olmaganimizdan afsusdamiz», degan u.

Bolalar bölimi mudiri Hilola Mardonova ham bolalarni emlaşga jiddiy e'tibor qaratiş zarurligini ta'kidlagan.