Toşkent viloyatida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bölimi, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Özenergoinspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan reydlarda qonunbuziliş holatlari aniqlanmoqda.
Zangiota tumani «Istiqlol» MFYda istiqomat qiluvçi fuqaro K.B. öz xonadonida issiqxona taşkil qilib, tabiiy gaz tarmoğiga hisoblagiçdan oldin özboşimçalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgiç orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum böldi. Holat böyiça dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million sömlik zarar hisoblandi.
Yana bir holat Qibray tumanida qayd etildi. Tumanning «Obod» MFYda istiqomat qiluvçi fuqaro T. R. xonadonida issiqxona taşkil qilib, hisoblagiçdan taşqari tabiiy gaz quvuriga özboşimçalik bilan ulanib, «zangori yoqilği»dan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum böldi. Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 291 million 926 ming sömlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holatlar böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.








