26 aprel kuni taxminan 9:00 va 10:00 lar oraliğida Toşkent viloyati Zangiota tumani «Olim polvon» mahallasi gilam dökonida yirik yonğin yuzaga keldi. Yonğin oqibatida paydo bölgan qora tutunlar butun Toşkent şahridan körinmoqda.

FVVning xabar berişiça, ayni vaqtda 7 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yonğin joyiga yetib borib, ayni vaqtda uni bartaraf qilmoqda.

«Vaziyat töliq nazoratda. Röy bergan yonğin joyiga FVVning barça kerakli kuç-vositalari jalb etilgan. Hozirda yonğin kölami qisqarib bormoqda. Ayni vaqtga köra, tan-jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmadi. FVV rahbariyati yonğin joyiga yetib borgan», deyiladi FVV bayonotida.

FVVning qöşimça axborotiga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borgan hamda 10:38da yonğin töliq bartaraf etilgan. Şuningdek, vazirlik tan-jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmaganini bildirdi.