Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya afg‘on qochqinlari oqimidan xavotirda Turkiya bilan chegaralarini mustahkamlamoqda
Foto: Pixabay
Gretsiya Afg‘onistondan noqonuniy muhojirlar oqimi ko‘payishidan xavotirlanib, Turkiya bilan chegarasida chegarachilar sonini oshirmoqda. Bu haqda Ekathimerini nashri xabar berdi.
Jumladan, bir necha oy davomida 1500 chegarachidan iborat kuchlarga qo‘shimcha 250 harbiy qo‘shiladi. Yana 800 nafar chegarachi aeroportlarda va Gretsiya-Turkiya chegarasiga yaqin hududlarda ishlash uchun yollanadi.
Gretsiya hukumatida ta'kidlanishicha, chegarachilar sonining oshirilishi “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgani bilan qisman bog‘langan.
Gretsiya oxirgi 2 yil ichida migratsiya siyosatini va chegaralari qo‘riqlanishini kuchaytirgan. Jumladan, Afina qochqinlarning chegarani kesib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Turkiya bilan quruqlikdagi chegara bo‘ylab devor qurgan va yuqori texnologik kuzatuv tarmog‘ini o‘rnatgan.
Mavzuga oid
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026