O‘zbekiston | 14:27 / 11.10.2021
487
2 daqiqa o‘qiladi

Neft-gaz sanoatida 5 mlrd dollarlik 5ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi 

Foto: Milliy mass-media fondi

Qashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Bu orqali 25 mingga yaqin aholi bandligi ta'minlanadi. Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida 15 ming gektar uzumzorlar, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida 3 ming gektar intensiv bog‘, Kitobda 2 ming gektar yangi anorzor, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida 4 ming gektar pista plantatsiyalari barpo etiladi. Bularning hisobiga 30 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Koson va Qamashi tumanlarida 10 ming gektar lalmi maydonda poliz yetishtirish hisobiga 12 mingdan ortiq aholi bandligi ta'minlanadi. Mirishkor, Qamashi, Kasbi, Koson, Qarshi va Muborakda 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, 25 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali investitsiya va eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiladi. Kelgusi besh yilda sanoat tarmoqlarida qariyb 10 milliard dollar bo‘lgan 2 mingdan ziyod katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi va 150 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Qashqadaryo viloyati mamlakatimizda neft-gaz va energetika sohasining asosiy tayanchi bo‘lib, kelgusi yillarda ularni rivojlanish iqtisodiy dasturimizda muhim o‘rin egallaydi. Bu borada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag‘ ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid