Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika faoliyatining qator yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi
“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan ruxsatnoma va xabardor qilish orqali shug‘ullanishga ruxsat berilganligi munosabati bilan bir qator qonunlarda litsenziya talabi bekor qilindi.
Jinoyat kodeksiga xabardor qilish yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lganida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishiga oid javobgarlik kiritildi. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham mazkur harakatlar uchun javobgarlik choralari belgilandi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi:
- tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
- dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
- dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
23:36 / 29.04.2026