Filippin prezidenti vaksinalarga qarshilarni uyquda bo‘lganlarida emlashni taklif qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mutasaddi idoralarga koronavirusga emlashga qarshi chiquvchilarni uxlayotganlarida emlashni taklif qildi.

Foto: Reuters
Duterte aholiga murojaatida shaxsan o‘zi ushbu kampaniyaga yetakchilik qilishini aytgan.
“Ko‘pchilik hanuzgacha emlanishni istamayapti. Bu ularning muammosi. O‘z qishloqlaringizda shundaylarni toping va biz ularni emlash uchun uylariga boramiz. Keling, bundaylarning uylariga kirib, ularni uxlayotganlarida emlaymiz. Men shaxsan o‘zim ushbu tashabbusga boshchilik qilaman”, deb aytgan Duterte.
Shu bilan birga, siyosatchi mamlakatning aksariyat aholisi hanuzgacha emlanmaganida o‘zi ham aybdor bo‘lishi mumkinligini tan olgan. Uning ta'kidlashicha, 2021 yil boshida vaksinalar yetishmaganida uning aybi bor.
Bu orada mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi emlanish majburiy emasligini, emlash fuqarolarning roziligi bilan o‘tishi kerakligini bir necha marotaba ta'kidlab o‘tgan.
Filippinda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 1 martdan boshlangan. Mamlakatda 8 ta vaksina emlash uchun ma'qullangan.
Aholisi 110 mln kishidan iborat Filippinda ayni vaqtda 23 mln fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Dutertening ta'kidlashicha, mamlakatda emlash sur'atlari past darajada. U joriy yil oxirigacha 70 mlndan ko‘proq fuqaro emlanishi kerakligini aytgan.
Duterte bu maqsadga erishish uchun keskin choralarni taklif qilmoqda. Jumladan, u vaksinaga qarshilarga hibsga olish bilan po‘pisa qilgan va kuch tuzilmalariga karantin cheklovlariga qarshilarni o‘qqa tutishga ruxsat bergan. Iyunda u koronavirusga chalinganini bila turib karantin qoidalariga bepisandlik qiluvchilarga qotillik sodir etish ayblovi qo‘yilishi mumkinligini aytgan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh muzokaralarga xalaqit bermaslik uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmayapti
Jahon | 10:30
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 10:10
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Ukrainadagi urush borasidagi pozitsiyamiz AQSh bilan bir xil
Jahon | 09:50
-
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025