O‘zbekiston | 19:22 / 12.10.2021
2711
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: The Kiev Times

Hujjatda qayd etilishicha, attestatsiya ixtiyoriylik, davriylik, xolislik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan. U Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining hududiy bo‘linmalari hamda Palata huzurida tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish uchun kamida yetti nafar a'zodan, shu jumladan attestatsiya komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi. Komissiyalarning tarkibi Palata raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyalar tarkibiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, oliy tibbiyot ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari vakillari kiritilishi mumkin.

Attestatsiya komissiyalarining doimiy ishchi organi Palataning (uning hududiy bo‘linmalarining) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish bo‘limi hisoblanadi. Uning xodimlaridan bir nafari attestatsiya komissiyalari yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Palata va uning hududiy bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari yig‘ilishlarining yillik jadvali Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy sayti va tizimidagi ommaviy axborot vositalarida yanvar oyining 15-sanasiga qadar e'lon qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid