Qayd etilişiça, maktab rahbariyati yoki boşqa mansabdor şaxslar tomonidan pedagoglarni attestatsiya natijalariga köra işdan böşatiş bilan boğliq talablar qöyilişi qonunçilikka mutlaqo zid hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, navbatdan taşqari attestatsiyada qatnaşib, undan öta olmagan pedagoglarning malaka toifasi tuşirilmaydi va ularga amaldagi toifa böyiça iş haqi tölaş davom ettiriladi.
Şuningdek, bunday holatlarda pedagoglar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş uçun heç qanday qonuniy asos mavjud emasligi ta’kidlandi.
Faqat ayrim holatlarda, ya’ni oliy ma’lumotga ega bölmagan va mutaxassis lavozimida işlayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyadan öta olmagan taqdirda, mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinişi mumkin.
Bunda ham xodimga navbatdan taşqari attestatsiyada ketma-ket ikki marta iştirok etiş huquqi beriladi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi pedagoglarning huquqlari buzilgan taqdirda işonç telefonlari va maxsus botlar orqali murojaat qiliş mumkinligini ma’lum qildi. Murojaat qilgan şaxslarning ma’lumotlari sir saqlanişi kafolatlanadi.









