Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yo‘ldan chiqib ketib, beton devorga urilgan haydovchi shifoxonada vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan rasmiy xabar berdi.
Joriy yilning 1 sentabr kuni soat 14:00larda, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 4P-15 "Qiziltog‘-Yangibozor" avtomobil yo‘lining 67-kilometrida YTH sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) "Vaz-2107" rusumli avtomobilda "Yangibozor-Parkent" yo‘nalishida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, chap tomonda bo‘lgan beton devorga urilgan.
Natijada, haydovchi M.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026