Ikki kunlik reydda maktab o‘quvchilaridan 338 nafari bozorlarda ishlayotgani aniqlandi
O‘zbekistondagi maktablarda 8-9 oktabr kunlari o‘tkazilgan reyd davomida darslarni sababsiz qoldirgan 2 832 nafar o‘quvchi aniqlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «Tig‘» va «Davomat» reyd tadbirlari o‘quvchi-yoshlarning nazoratsiz qolishi va sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, dars jarayonida o‘qishga bormasdan bemaqsad yurgan, voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni o‘qishga qaytarish va davomatni yaxshilash maqsadida XTV, IIV, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
O‘tkazilgan reyd davomida darslarni sababsiz qoldirgan 2 832 nafar o‘quvchilarning 439 nafari dars vaqtida internet-kafeda, 68 nafari tungi internet-klubda, 338 nafari bozorlarda savdo-sotiq va aravakashlik, 39 nafari daydilik, 15 nafari esa jamoat transportida chiptachilik faoliyati bilan shug‘ullanib yurgani aniqlanib, ta'limga jalb etilgan. Shu bilan birga, ota-onalar nazorati va qarovisiz qolgan 1542 nafar qarovsiz qolgan o‘quvchi aniqlanib, ular ta'lim olishi uchun maxsus maktab-internatlarga joylashtirilgan.
Reyd natijasida sababsiz darslarda qatnashmayotgan, nazoratsiz qolganligi aniqlangan o‘quvchilarning ota-onalari hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarining yig‘ilishlariga jalb etilib mazkur holatlar muhokama qilingan.
«Shu o‘rinda Xalq ta'limi vazirligi barcha ota-onalardan farzand tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashishlarini, farzandlari uydan chiqayotganda uning portfelida va yonida o‘tkir tig‘li jismlar mavjud emasligini ko‘zdan kechirishni, maktabga o‘z vaqtida borayotganini nazoratga olishlarini so‘rab qoladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
15:02 / 25.12.2024
Ayrim maktab xodimlariga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
08:14 / 20.12.2024
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi
19:39 / 19.12.2024