Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Men birinchi kundan boshlab aytganman, chetda yurganlar bizning aybimiz bilan yuribdi. To‘qsoninchi yillarda xorijga ketish yo‘q ediku. Chetda yurganlarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha tashabbuslar bo‘ldi. Men bir gapni aytaman – bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Xorijdagi yurtdoshlarimiz halol mehnatlari bilan topgan pullarini soliqqa torsak bu adolatdan bo‘lmaydi, siyosatimizga to‘g‘ri kelmaydi.
Musofir bo‘lmagan musulmon bo‘lmaydi, deyishadi. Men fidoyi farzandlarimizga murojaat qilmoqchiman – ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin! Biz yangi soliq yaratish emas, imkon qadar soliqlarni kamaytirish to‘g‘risida o‘ylaymiz.
Men kecha MDH davlatlari yig‘ilishida ham migrantlar masalasini ko‘tardim, ularning xavfsizligi, sog‘ligi bo‘yicha takliflarimni aytdim. Endi ular bizdan ishchilar jo‘natishimizni so‘rashyapti. Men ulardan yurtdoshlarimizni o‘qitishlarini va munosib ish berishlarini so‘rayapman”, – deya nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Kuni kecha “Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov xorijdagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari oilalariga yuborayotgan pullarni soliqqa tortishni taklif qilgan edi. Uning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in tanqidlarni keltirib chiqardi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026