Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochlik e'lon qilgan Saakashvilining ahvoli yomonlashgani ma'lum qilindi
Gruziyaning sobiq prezidenti, vataniga qaytgach 1 oktyabrda hibsga olingan va shundan keyin ochlik e'lon qilgan Mixail Saakashvilining ahvoli yomonlashdi. Bu haqda uning shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze ma'lum qildi.
Foto: Sergii Kharchenko/NurPhoto via Getty Images
Saakashvili o‘zining ozod etilishini talab qilib, 17 kundan beri ochlikni davom ettirmoqda.
“Uning ahvoli yomonlashmoqda, bu ma'lum narsa edi. Biroq Mixail Saakashvili ochlikni to‘xtatmoqchi emas va ruhan juda sabotli”, deb aytgan uning shifokori.
Uning ta'kidlashicha, Saakashvili bazo‘r harakatlanmoqda, yuzi oqarib ketgan, biroq hozircha uning holatiga tibbiy aralashuvga ehtiyoj yo‘q.
Saakashvili 29 sentyabrda Ukrainadan Gruziyaga yashirincha kelgan. 1 oktyabrda u Batumida hibsga olingan. Ayni vaqtda sobiq prezident Rustavi shahridagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Saakashvili Gruziyada bir nechta jinoiy ish figuranti hisoblanadi. Biroq uning o‘zi hibsga olinishini noqonuniy, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni esa soxtalashtirilgan deb atamoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
21:42 / 08.04.2025