Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni sun'iy intellekt yordamida takomillashtirish uchun sloveniyalik olimlar jalb etiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillarining Sloveniyaga tashrifi davomida sun'iy intellektdan korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoatchilik nazoratining ta'sirchan mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishda amaliy hamkorlik masalasi muhokama etilgan.
Agentlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Yojyef Shtefani nomidagi institut vakillari O‘zbekistonda davlat xaridlari va hukumat ochiq ma'lumotlarini qamrab oladigan hamda mavjud portallarni integratsiyalash va modernizatsiya qilishda institut olimlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, mamlakatimizdagi tizimlarni sun'iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga qulay hamda mukammal qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik dasturlarining amaliyotga tatbiq etilishi orqali davlat xaridlari va boshqa ochiq ma'lumotlardan fuqarolar va jamoatchilik vakillarining foydalanishini osonlashtirish, aholining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish, jamoatchilik nazorati uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga erishilishi ta'kidlanmoqda.
Ma'lumot uchun, Sloveniyadagi Yojyef Shtefani nomidagi institut Yevropaning sun'iy intellekt sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan bo‘lib, bu yerda 1100dan ortiq olimlar izlanish olib boradi. Institut Microsoft, Bloomberg singari dunyoning ilg‘or kompaniyalariga o‘z mahsulotlarini yetkazib beradi. Xususan, institut olimlari tomonidan yaratilgan sun'iy intellekt algoritmi yordamida bugun Sloveniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, korrupsiyaviy omillarning oldini olishga qaratilgan ERAR portalining asosi yaratilgan.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
08:40 / 01.07.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:10 / 30.06.2026