Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Farzandlikka oliş tartibining huquqiy asoslari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Quyi palata axborot xizmatining xabar berişiça, ikkinçi öqişga tayyorlanayotgan qonun loyihasini takomillaştiriş yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan berilgan takliflar atrofliça örganilmoqda.

Muhokamalar jarayonida bugungi kunda farzandlikka oliş istagida navbatda turganlarning soni farzandlikka berilayotganlarga nisbatan ança yuqoriligiça qolayotgani alohida ta'kidlangan. Xususan, farzand asrab oliş uçun 2018-2019 yillarda 1,9 ming, 2020 yilda esa 1,5 ming nafar fuqaro vasiylik va homiylik organlarida navbatda turgan. Farzandlikka berilayotganlar esa har yili örtaça 200 nafarni taşkil etadi.

Amaldagi qonunçilikka köra, qasddan sodir etgan jinoyatlari uçun ilgari hukm qilingan şaxslar voyaga yetmaganni farzandlikka olişi taqiqlangan. Mazkur norma ijtimoiy ahamiyati katta bölmagan, unça oğir hamda farzandlikka olişga tösqinlik qilmaydigan jinoyat turlari (iqtisodiyot, ekologiya sohasidagi jinoyatlar va h.k.) uçun ham tatbiq qilinişi inson huquqlarining çeklanişiga sabab bölmoqda.

Şuningdek, doimiy daromadga ega bölmagan yoki salomatligiga köra ota-onalik huquq va majburiyatlarini bajara olmaydigan şaxslarning farzandlikka oliş huquqlarini çeklaş qonunda aniq belgilanmagan. Oqibatda fuqarolar tomonidan noqonuniy yöllar bilan farzand asrab oliş, şu jumladan bola savdosi kabi holatlarning kelib çiqişiga sabab bölmoqda. Xususan, 2017-2020 yillarda ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida çaqaloq savdosi bilan boğliq 185 ta jinoyat aniqlangan va uşbu jinoyatlar böyiça 286 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Şu munosabat bilan «Farzandlikka oliş tartibining huquqiy asoslari takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi bilan Oila kodeksida farzandlikka olişi mumkin bölgan şaxslar röyxatini özgartiriş közda tutilmoqda.