Qayd etilişiça, milliy qonunçilikda joriy qilingan farzandlikka oliş institutidan foydalanilgan holda 2017 yilda 4 ming nafar bola sud tartibida farzandlikka olingan bölsa, 2018 yilda bu körsatkiç 4,1 mingtani, 2019 yilda esa 4,3 mingtani taşkil etgan.

Bugunga kelib farzandlikka oliş istagida navbatda turganlarning soni farzandlikka olganlarga nisbatan ança yuqoriligiça qolmoqda. Oqibatda noqonuniy yöllar bilan farzand asrab oliş, şu jumladan, bola savdosi bilan boğliq holatlar uçramoqda.

Yangi qonun bilan Oila kodeksi hamda “Vasiylik va homiylik töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.

Endilikda qonun bilan ijtimoiy ahamiyati katta bölmagan, unça oğir bölmagan hamda farzandlikka olişga tösqinlik qilmaydigan jinoyat turlarini sodir etib, jazo muddatini ötaganlarga nisbatan farzandlikka va vasiylikka oliş imkoniyati yaratilyapti.

Bolaning eng ustuvor manfaatlarini hisobga olgan holda, farzandlikka olişga monelik qiladigan kasalliklarga çalingan şaxslar röyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanişi belgilanmoqda.