Jahon | 08:17 / 21.10.2021
8661
2 daqiqa o‘qiladi

«Interpol» Janubiy Koreyada firibgarlikda gumon qilingan ikki o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi 

Joriy yilning oktabr oyida Seul shahrida (Janubiy Koreya) O‘zbekistondagi “Interpol” MMB, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Janubiy Koreyaning “Interpol” MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Edgar Su / Reuters

“Interpol”ning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabariga ko‘ra, natijada respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan.

Olingan ma'lumotlarga asosan, Seulda xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekistonning “Interpol” MMB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda “Interpol” kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosini, 1957 yilda tug‘ilgan J.N. qo‘lga olgan. 

2016 yilda J.N. fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Toshkent shahridan ko‘chmas mulk xaridida yordam berishini va'da qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bugungi kunda muzokaralar va O‘zbekistondagi “Interpol”ning MMB hamda Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid