Ikki yilda eskirgan qonun. “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonun yangilanayotganiga izoh berildi
|22:06 / 22.10.20219 5824 min
Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev Kun.uz'ga bergan intervyusida 2019 yilning 8 yanvarida kuçga kirgan “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunning yangi tahriri nima uçun işlab çiqilgani, qabul qilinganiga köp vaqt bölmagan hujjat qaysi omillarga köra yangilanayotganiga töxtalib ötdi.
“Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonun loyihasi 10 yil davomida muhokama qilingan, bir neça bor qayta işlangan, ekspertlar körigidan ötgan edi. Lekin oçiği, 2019 yili kuçga kirgan bölsa, öşa yilning söngida qonunning joylardagi ijrosini örgana boşladik. U paytda hali Adliya vazirligida Ma’muriy tartib-taomillar boşqarmasi yöq edi, lekin vazirlik özi bu qonunning işlaş darajasini örganganda amaliyot bilan boğliq juda köp savollar çiqdi.
Hozir bu qonun işlayapti, ammo amaldagi qonunning bitta kamçiligi – muayyan bir tartib-taomil boşqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan taqdirdagina “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunda belgilangan normalar qöllanadi. Yangilanayotgan qonunda uşbu tamoyil butunlay özgarmoqda. Ya’ni uşbu qonun ayni yönalişda ustuvor hujjatga aylanadi va boşqa qonun hujjatlari “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunga mos bölişi kerak. Şundagina u işlaydi.
Foto: Kun.uz
Amaliyotni örganganimizda boşqa masalalar ham çiqdi. Senat bilan birga uşbu yönalişdagi vazirlik va idoralar faoliyatini örganganimizda ham oçiq qolgan qator savollar çiqdi. Oçiği, hali joylarda bu qonunni qöllaşga vakolatli soha vakillari yetişmaydi. Bundan taşqari, ayrimlar qonunning tili oğir deb aytişadi. Qonunning yangi tahririda mana şu kamçiliklar ham inobatga olingan”, – dedi Xudoyor Meliyev.
Adliya vaziri örinbosari qonunning yangi tahriri xorijlik ekspertlar bilan birgalikda işlab çiqilgani, qonun loyihasi hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritilganini ma’lum qildi.
“Bu yangi qabul qilingan, şu sababli uni qayta körib çiqiş, özgartiriş notöğri böladi degan tuşunçadan yiroqmiz. Sababi islohotlar jadal ketyapti, huquqiy munosabatlar özgarmoqda. Parlamentimiz vakillari bilan birgalikda “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunning yangi loyihasi ustida işladik. Uşbu işlar oxiriga yetdi va qonun loyihasi hukumatimiz tomonidan parlament quyi palatasiga kiritildi.
Foto: Kun.uz
Yangilanayotgan qonun nafaqat hajm jihatdan, balki mazmun jihatdan ham boyidi. Ayrim prinsiplarni qöllaş böyiça savollar bor edi, bu savollarga javob topişga harakat qildik. Masalan, işonçni himoya qiliş prinsipi. Xorijlik ekspertlar, xususan, nemis qonunşunoslari bilan birga işladik. Xorijiy mamlakatlarda ma’muriy tartib-taomillar sohasida uç yil davomida kuzatilgan tendensiyalar, ijobiy özgarişlardan foydalangan holda bu qonunni boyitişga harakat qildik. Maqsadimiz – bu qonunda belgilangan prinsiplarni işlaydigan darajaga yetkaziş”, – deya tuşuntiradi Xudoyor Meliyev.
Mavzuga oid
Eslatib ötamiz, “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonun prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 8 yanvar kuni imzolangan edi. Rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy ötib, ya’ni 2019 yilning 8 yanvaridan kuçga kirgan qonunning maqsadi – ma’muriy tartib-taomillarni amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş, ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşdan iborat.