Transperensy international ning 2023 yilgi korrupsiyani qabul qiliş indeksiga köra, 180 ta davlat orasida Özbekiston 33 ball bilan 121-örinni egalladi. Mamlakat ballarini 2 taga oşirib, örnini 5 poğonaga yaxşilaşga muvaffaq bölgan.
«Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş bilan boğliq huquqiy mexanizmlar takomillaştirilib, bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul kilinmoqda. Özbekiston Respublikasining «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonuni huquqni qöllaş amaliyotida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va tartibga soliş maqsadiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir», deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Sirdaryo viloyat hokimligida tuman şahar hokimlari va hokim örinbosarlari iştirokida taşkil etilgan seminarda mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida söz bordi.
Tadbirda Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan uşbu qonunning maqsadi va amal qiliş sohasi, manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga soliş, manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi axborotni oşkor etişga va manfaatlar töqnaşuvini aniqlaşga doir çoralar haqida batafsil tuşuntirildi.

Şuningdek, muloqotda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanişiga barça birdek mas’ul ekani ta’kidlanib, manfaatlar töqnaşuvi töğrisida xabar bermaganlik uçun belgilangan jazo çoralari haqida töxtalib ötildi.

Tadbirda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, hududda sodir etilgan korrupsion holatlarni hududiy kengaşlar yiğilişlarida muntazam muhokama qilib boriş, reyting natijalarini yaxşilaş böyiça mas’ullarga tegişli taklif va tavsiyalar berildi. Manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik va uning oqibatlari tuşuntirilib, ogohlantirildi.

















